Xitoy elektromobillari qanchalik ishonchli

4-fevral 2026 10:31 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Xitoy elektromobillari qanchalik ishonchli
Foto: Depositphotos

Xitoy elektromobillari dunyo bo‘ylab ommalashmoqda. Kursiv Media elektromobillar imkoniyatlarini tahlil qildi. Mutaxassislar fikricha, Xitoy elektromobillari sifati avvalgi yillarga qaraganda sezilarli yaxshilangan.

Xususan, batareya texnologiyalari rivojlandi, yurish masofasi uzaydi, dasturiy ta’minot tez-tez yangilanmoqda. Ayrim modellarda bir zaryad bilan 500–600 kmgacha yurish imkoniyati bor. Eng qimmat Yevropa, yapon, koreys avtomobillarining jihozlarini hatto eng arzon Xitoy avtomobillarida ham topish mumkin.

Kollaj: Kursiv Media

Shu bilan birga, muammolar ham yo‘q emas. Elektron tizimlar va multimedia bloklari bilan bog‘liq nosozliklar haqida shikoyatlar uchraydi. Batareya uzoq muddatda qanday ishlashi hamon ko‘pchilikni o‘ylantirmoqda. Sovuq iqlimda akkumulyator sig‘imi tezroq kamayishi mumkinligi aytiladi.

Yana bir masala bu qiymatni tez yo‘qotish. Xitoy elektromobillari tez-tez yangilanadi. Natijada oldingi model bozorda tez eskiradi va narxi pasayadi. Bu ikkilamchi bozorda xaridor uchun xavf omili bo‘lib qolmoqda. Ba’zi avtomobillarda 2-3 yildan keyin: osma elementlar, elektron bloklar yoki ichki bezaklar ko‘pincha ta’mirlashga muhtoj bo‘ladi. Eko-charm eskiradi, dastlab yorqin va ko‘zni qamashtiruvchi bo‘lgan turli elementlar, masalan, multimedia, ishdan chiqadi.

Kursiv Uzbekistan 2026-yil uchun eng yaxshi elektromobillar aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek