Yangiliklar

Yevropa davlat muassasalari Amerika dasturlaridan voz kechmoqda — OAV

Ular o‘z mamlakati ishlab chiqqan dasturlardan keng ko‘lamda foydalanishni rejalashtirmoqda
Yevropa davlat muassasalari Amerika dasturlaridan voz kechmoqda — OAV / Foto: Freepik

Yevropa va AQSh o‘rtasidagi siyosiy taranglik natijasida bir qator Yevropa mamlakatlarida davlat muassasalari Amerika dasturlaridan foydalanishni to‘xtatmoqda. Bu haqda AP nashri ma’lum qildi.

Fransiyada davlat xizmatchilari 2027-yilga kelib Zoom, Microsoft Teams, Webex va GoTo Meeting dasturlaridan voz kechadi va o‘zlari ishlab chiqqan fransuz dasturi – Visio xizmatiga o‘tadi. Qaror 2,5 mln davlat xizmatchisini qamrab oladi.

Avstriyada harbiylar Microsoft Office dasturidan voz kechib, hisob-kitob va hisobotlarni yozish uchun ochiq kodli dasturiy ta’minotdan foydalanmoqda. Shuningdek, Germaniyaning bir shtatidagi ayrim amaldorlar o‘zlarining ma’muriy ishlarini bepul dasturiy ta’minot orqali amalga oshirmoqda.

Manba xabariga ko‘ra, «raqamli suverenitet» konsepsiyasi Yevropaning bir qator hududlarida kengaymoqda, bu esa AQShning Tramp ma’muriyati tomonidan olib borilayotgan agressiv siyosat fonida yuz bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq raqamli yevro bo‘yicha ovoz berish qachon bo‘lishi haqida xabar bergan edik.