2026-yilgi gibrid Toyota Camry sotib olishga arziydimi

5-fevral 2026 11:51 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
2026-yilgi gibrid Toyota Camry sotib olishga arziydimi
Ekran tasviri youtube.com

2026-yilgi Toyota Camry XV80 TNGA platformasida yaratilgan zamonaviy gibrid sedan. Avtoekspert va bloger Ilya Sviridov o‘z sharhida Xitoyda ishlab chiqarilgan Camry nega hanuz ishonchlilik etaloni bo‘lib qolayotganini va uning asosiy texnik ustunliklarini tushuntirdi.

Dizayn va kuzov: «yapon kostyumi»

Ekran tasviri youtube.com

Tashqi ko‘rinishda Camry tanish proporsiyalarini saqlab qolgan, old qismi biroz uzaygan. Ekspertning fikricha, bu 70-kuzov asosidagi chuqur restayling bo‘lib, «har kunlik universal avtomobil», ya’ni «yapon kostyumi» konsepsiyasiga mos keladi.

Biroq ayrim versiyalarda bamperning pastki qismida joylashgan xrom bezak mavjud bo‘lib, u amaliy foydalanishda noqulaylik tug‘dirishi mumkin.

«Yo‘l davomida aynan shu bezak sabab xavotirlandim, chunki u ortiqcha edi. Uni olib tashlash istagi paydo bo‘ladi», – deydi Sviridov.

Gibrid tizim va transmissiya

Ekran tasviri youtube.com

2026-yilgi Camry kapoti ostida 2 litrli atmosfera dvigateli (140 ot kuchi) joylashgan. U Atkinson/Miller sikli bo‘yicha ishlaydi va so‘nggi Toyota Prius’dan olingan, sinovdan o‘tgan agregat hisoblanadi. Gibrid tizimning umumiy quvvati 180–197 ot kuchi atrofida.

Klassik variator o‘rniga eCVT tizimi qo‘llanilgan:

  • 30 km/soatgacha faqat elektromotorlar harakatlantiradi;
  • 30 – 90 km/soat benzin dvigateli generator sifatida ishlaydi;
  • 100 km/soatdan yuqori dvigatel mufta orqali g‘ildiraklarga bevosita ulanadi.

Yurish sifati va salon

Ekran tasviri youtube.com

Ekspertning aytishicha, Camry shassisi Xitoy raqobatchilaridan keskin ustun. Salon keng haydovchi bo‘yi 190 sm bo‘lsa ham, orqa o‘rindiqlarda yetarli joy qoladi.

Jihozlar orasida panoramali tom, adaptiv kruiz-nazorat, ko‘r zonani nazorat qilish, polosada ushlab turish tizimi mavjud.

Sviridovga ko‘ra, yangi Camry’ning asosiy qiymati mustahkam TNGA platformasi. Kuzovda kuchaytirilgan poroglar va pol elementlari panoramali tom tufayli yo‘qolgan qattiqlikni qoplaydi.

Toyota Camry 2026 - настоящие Японские технологии.

Gibrid batareya po‘lat karkas bilan himoyalangan va orqa o‘rindiq ostiga joylashtirilgan. Ta’mirlash qulayligi esa yechiladigan sharli tayanchlar orqali ta’minlangan.

Eng muhimi, Xitoyda yig‘ilgan bo‘lishiga qaramay, avtomobilning dvigateli, elektron tizimi va eCVT transmissiyasi yaponcha.

Ekspert xulosasiga ko‘ra, Xitoydan kelgan Toyota Camry bu o‘n yillardan beri sinalgan texnologiyalar, murakkab va ishonchsiz gadjetlarsiz, uzoq xizmat qiladigan sedan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toyota RAV4’ni ikkilamchi bozordan tanlashda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi haqida ma’lumot berilgandi.

Shuningdek