Yangiliklar

6-fevral kuni qanday ob-havo kuzatiladi

6-fevral soat 20:00 gacha amal qiladi
6-fevral kuni qanday ob-havo kuzatiladi
6-fevral kuni qanday ob-havo kuzatiladi / Foto: Sun’iy intellekt

6-fevral kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yoki qor yog‘ishi, shuningdek, tuman tushishi kutiladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.

Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:

HududKunduzgi haroratKechki haroratYog‘ingarchilik
Toshkent shahri3-5° iliq3-5° iliqVaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, qor uchqunlashi mumkin
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati0-5° sovuq (ba’zi joylarda 7°)7-12° sovuq (ba’zi joylarda 14°), Ustyurtda kechasi 15-18° sovuqYog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin
Buxoro va Navoiy viloyatlari2-7° iliq2° sovuq – 3° iliqBa’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari1-6° iliq1-6° iliqBa’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari5-10° iliq0-5° iliqBa’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari1-6° iliq1-6° iliqBa’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin
Respublikaning tog‘li hududlari2-7° sovuq2-7° sovuqVaqti-vaqti bilan yomg‘ir, qor yog‘ishi, ba’zi joylarda kuchli tuman, qor ko‘chishi mumkin