AQSh Venesuelaga neft savdosidan 500 million dollar qaytarib berdi

eʼlon qilindi
Mablag‘ ilgari Qatar hisobida saqlangan
AQSh Venesuelaga neft savdosidan 500 million dollar qaytarib berdi / Foto: Reuters

AQSh Venesuela hukumatiga birinchi neft savdosidan olingan barcha $500 mlnni qaytarib berdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qildi.

AQSh rasmiylariga ko‘ra, so‘nggi $200 mln ham Venesuelaga yuborilgan, shu tariqa dastlabki savdodan olingan barcha mablag‘ Venesuela hukumatiga yetkazilgan. Mablag‘ Venesuela xalqining manfaatlari uchun AQSh hukumati qaroriga muvofiq sarflanishi lozimligi ta’kidlandi.

Bu bitim o‘tgan oy Karakas va Vashington o‘rtasida erishilgan kelishuv doirasida amalga oshirildi. Bitim prezident Nikolas Maduro AQSh harbiy operatsiyasi doirasida qo‘lga olinganidan so‘ng tuzildi.

AQSh davlat kotibi Marko Rubio Kongressdagi eshituvda bu jarayon vaqtincha chora ekanini, maqsad Venesuelaning iqtisodiy barqarorligini saqlash, hukumat funksiyalarini davom ettirish va aholiga yordam berish ekanini bildirgan.

Mablag‘ ilgari Qatar hisobida saqlangan va vaqtincha hisob sifatida Venesuelaga zarur mablag‘ni yetkazish uchun mo‘ljallangan edi. Kelajakdagi savdolar uchun esa daromadlarni AQShdagi maxsus fondga o‘tkazish va Venesuela hukumatining har qanday xarajatlari uchun foydalanish nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Lukoyl» xorijdagi aktivlarini sotish bo‘yicha Amerika kompaniyasi bilan kelishuvga erishgan edi.

Shuningdek