Damas’da 23 bolani tashigan haydovchiga chora ko‘rildi — video

eʼlon qilindi
Haydovchi buni ota-onalar iltimosi bilan qilganini aytdi
Videodan kadr: YHXB

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida 23 nafar bolani Damas’da tashigan haydovchiga chora ko‘rildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXB) xabar berdi.

Viloyatdagi «Chinor» Yo‘l patrul xizmati maskanida xodimlar tomonidan Damas rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, transport vositasida jami 23 bola olib ketilayotgani aniqlangan.

Video: YHXB

Haydovchining aytishicha, u bolalarni ota-onalari iltimos qilgani uchun bog‘chadan olib qaytayotgan bo‘lgan. Bolalar mashinadan tushirilib, boshqa avtomobilga o‘tkazilgan. Haydovchiga esa chora ko‘rilgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda sotuvga tayyorlanayotgan yangi Damas 3 haqida batafsil ma’lumot bergandi.

Shuningdek