Davlat organlari murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha baholanadi

eʼlon qilindi
Shunga qarab ular uch toifaga ajratiladi
Ikki milliard so‘mlik davlat xaridida qonunbuzilish holati aniqlandi
Davlat organlari murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha baholanadi / Foto: URA

Davlat organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash faoliyatini baholash tartibi yangilandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-son qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, 2018-yil 7-maydagi 341-son qarorga qo‘shimchalar kiritilib, davlat organlari, davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash faoliyatini baholash va toifalash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizom talablari prezident Virtual qabulxonasi orqali ro‘yxatga olingan va davlat organlariga ijro uchun yo‘naltirilgan murojaatlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Davlat organlarining murojaatlar bilan ishlash faoliyati ro‘yxatga olingan, qanoatlantirilgan, rad etilgan, ijro muddati buzilgan va takroriy murojaatlar sonidan kelib chiqib baholanadi.

Tahlil natijalariga ko‘ra faoliyat uch toifaga ajratiladi: yuqori natijadorlikka ega — yashil, o‘rta natijadorlikka ega — sariq, past natijadorlikka ega — qizil toifa.

Baholash natijalariga muvofiq mansabdor shaxslarning KPI ko‘rsatkichlari yashil toifa uchun 100 foiz, sariq toifa uchun 50 foiz, qizil toifa uchun 10 foiz etib belgilanadi.

Qizil toifaga kiritilgan davlat organlari rahbarlari yoki ularning tegishli o‘rinbosarlariga nisbatan intizomiy ta’sir choralari qo‘llanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekistonda davlat idoralaridagi ortiqcha xizmat avtomobillari sotuvga chiqarilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek