Dollar yana o‘smoqda: 6-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
5-fevral kuni 7,39 so‘mga oshib, 12 265,77 so‘mni tashkil qildi
Foto: Depositphotos

6-fevral uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 13,71 so‘mga oshib, 12 279,48 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

30-yanvarda 32,13 so‘mga oshib, 12 199,10 so‘mni  tashkil etdi. 2-fevral kuni dollar 26,06 so‘mga oshib, 12 225,16 so‘mga yetgandi. 3-fevral kuni 17,01 so‘mga oshib, 12 242,17 so‘mni, 4-fevral kuni 16,21 so‘mga oshib, 12 258, 38 so‘mni, 5-fevral kuni 7,39 so‘mga oshib, 12 265,77 so‘mni tashkil qildi.

Grafik: SI

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 16,02 so‘mga oshib, 14 508,21 so‘mni, rubl 0,18 so‘mga oshib, 159,25 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi

Shuningdek