Yangiliklar

Google Meet va Microsoft Teams o‘rtasida integratsiya ishga tushdi

Funksiya uchun maxsus Google Meet uskuna talab qilinadi
Google Meet va Microsoft Teams o‘rtasida integratsiya ishga tushdi / Foto: Techlusive

Endi Google Meet va Microsoft Teams foydalanuvchilari bir-birining videokonferensiyalariga qo‘shila oladi. Bu haqda Neowin nashri ma’lum qildi.

Endi Google Workspace korporativ foydalanuvchilari Google Meet orqali Microsoft Teams videokonferensiyalariga qo‘shila olishadi va aksincha. Google Meet konfiguratsiyasidan Teams yig‘ilishlariga qo‘shilish uchun Chrome OS asosidagi maxsus Google Meet uskuna talab qilinadi. Microsoft Teams Room orqali Google Meet yig‘ilishlariga qo‘shilish uchun esa Windows asosidagi Microsoft Teams Rooms uskuna ishlatiladi.

Foto: Google

Google Meet uskunalari odatda Chromebox hisoblash bloki, video uchun aqlli kamera, qo‘ng‘iroqlarni boshqarish uchun sensorli kontroller va aks-sado va fon shovqinni yo‘q qiluvchi spikerfonni o‘z ichiga oladi. Microsoft Teams Rooms to‘plamlari esa Windows boshqaruvidagi mini-PC yoki Android qurilmasi, sertifikatlangan kameralar, karnaylar va mikrofonlardan iborat.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google Photos rasmni videoga aylantirish funksiyasiga yangilanish kiritgan edi.