Gadjetlar

iPhone 16 smartfonlari 270 dollargacha arzonladi

Qayta tiklangan iPhone 16 modeli $619 narxda sotilmoqda
iPhone 16 smartfonlari 270 dollargacha arzonladi
Foto: Consumer Reports

Apple qayta tiklangan iPhone 16 modellari savdosini boshladi. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda. Xaridorlar $270 gacha pul tejashlari mumkin.

Eng jozibador takliflar avval ishlab chiqarishdan chiqarilgan iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max modellari uchun taqdim etildi. Qayta tiklangan iPhone 16 modeli $619 narxda sotilmoqda. Yangi qurilma hozirda $699 turadi, sotuv boshida esa $799 bo‘lgan.

iPhone 16 Plus uchun belgilangan narx $699. Taqqoslash uchun, yangi model $799, dastlab esa $899 bo‘lgan.

Foto: Apple

iPhone 16 Pro qayta tiklangan ko‘rinishda $759 evaziga taklif etilmoqda. Ushbu model sotuv boshlangan paytda $1 ming turar edi. iPhone 16 Pro Max esa $929 narxda sotilmoqda. Avvalroq uning rasmiy narxi $1,2 ming bo‘lgan. Ayrim modellar bo‘yicha tejash $270 gacha yetadi.

Apple’ning rasmiy qayta tiklash dasturi doirasidagi iPhone’lar deyarli yangi qurilmadan farq qilmaydi. Kompaniya barcha smartfonlarda mutlaqo yangi akkumulyator va yangilangan korpus o‘rnatilishini kafolatlaydi. Qurilmalar to‘liq testdan o‘tkaziladi, tozalanadi va yangi USB C kabeli bilan rasmiy qutida yetkazib beriladi.

Qayta tiklangan iPhone’lar uchun standart bir yillik ishlab chiqaruvchi kafolati amal qiladi. Shuningdek, AppleCare+ kengaytirilgan sug‘urtasini rasmiy tarzda rasmiylashtirish imkoniyati ham saqlab qolinadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri iPhone 16 dunyodagi eng ommabop smartfon bo‘lgani haqida yozgan edi.