Islomobodda Toshkent ko‘chasi, Ispaniya va Portugaliyada to’fon, Nike tergovga tortildi hamda Tojikistonga Starlink kirib keldi, — 5-fevral kungi yangiliklar dayjesti

eʼlon qilindi
Kun davomida O‘zbekiston va dunyoda yuz bergan dolzarb yangiliklar bir maqolaga jamlandi
Toshkent
5-fevral kungi yangiliklar dayjesti / Foto: Maria Baranova / Unsplash
Pokiston poytaxtida Toshkent koʻchasi va Bobur bog‘i ochildi
Pokiston poytaxtida Toshkent koʻchasi va Bobur bog‘i ochildi / Foto: President.uz

Pokiston poytaxtida Toshkent koʻchasi va Bobur bog‘i ochildi

Shavkat Mirziyoyevning Pokistonga davlat tashrifi doirasida Islomoboddagi koʻchalardan biriga Toshkent, yangi barpo etiladigan bogʻga esa Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Globallookpress.com

Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti Tojikistonda ishga tushirildi

SpaceX kompaniyasining Starlink tizimi Tojikistonda yuqori tezlikdagi internet xizmati ishga tushganini e’lon qildi. Tegishli litsenziya shartnomasi 2025-yil oktabr oyida «Dushanbe Invest–2025» forumi doirasida imzolangan. Bu haqda Asia-Plus nashri xabar bermoqda.

Pokiston Balujistondagi shaharchani isyonchilardan ozod qildi
Pokiston Balujistondagi shaharchani isyonchilardan ozod qildi / Foto: Reuters

Pokiston Balujistondagi shaharchani isyonchilardan ozod qildi

Pokiston kuchlari Balujiston viloyatidagi Nushki shaharchasini isyonchilardan ozod qilish operatsiyasi yakunlandi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Davlat organlari murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha baholanadi
Davlat organlari murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha baholanadi / Foto: URA

Davlat organlari murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha baholanadi

Davlat organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash faoliyatini baholash tartibi yangilandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Foto: Reuters / Pedro Nunes

Portugaliya va Ispaniyaga Leonardo to‘foni yopirildi

5-fevral kuni Leonardo to‘foni Pireney yarim oroliga kuchli yomg‘ir va shamol olib keldi. Portugaliyada suv toshqini mashinani oqizib ketishi oqibatida bir erkak halok bo‘ld. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Foto: CNN

Washington Post 300 ga yaqin jurnalistini ishdan olmoqchi

The Washington Post gazetasi (WP) 300 ga yaqin jurnalistini ishdan bo‘shatishini ma’lum qildi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Foto: Reuters / Kylie Cooper

Nike oq tanli xodimlarni kamsitishda gumonlanib tergov qilinmoqda

AQSh Teng bandlik imkoniyatlari komissiyasi Nike kompaniyasini oq tanli xodimlarga nisbatan ehtimoliy diskriminatsiya yuzasidan tergov qilmoqda. Komissiya kompaniya xodimlar tarkibi bo‘yicha ma’lumot berishdan bosh tortganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Toshkentdagi kiyim do‘koni reklamasi axloq me’yorlariga zid deb topilib, ishi sudga oshirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Lady Eva kiyim-kechak do‘koni reklama roligi milliy va oilaviy qadriyatlarga zid ekani haqidagi muhokamalar jamoatchilik e’tiborini tortdi.

Shuningdek