Ko‘chmas mulklarni ommaviy baholashdan o‘tkazish qaysi muddatlarda bajariladi

Qonunchilik normalariga asosan, 2025-yildan e’tiboran mamlakatdagi barcha ko‘chmas mulk obyektlari davriy ravishda ommaviy baholash tizimiga o‘tkazilmoqda.
Mazkur baholashning asosiy maqsadi mulkning bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlash hisoblanadi.
Ommaviy baholash quyidagi bosqichlarda joriy etiladi:
- 2025 – 2026-yillarda — eksperiment tariqasida Toshkent shahrida;
- 2026 – 2027-yillarda — Nukus shahri va viloyatlar markazlarida;
- 2027-yil va undan keyin — mamlakatning qolgan hududlarida.
Tizimning bosqichma-bosqich joriy etilishi ko‘chmas mulk qiymatini baholashda yagona yondashuvni shakllantirish hamda baholash natijalarini bozor holatiga yaqinlashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» 2025-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozorida faollikning oshishi va hududiy dinamikalarning xilma-xilligi kuzatilgani haqida yozgandi. O‘tgan yil davomida uy-joy sotish bo‘yicha 295 mingta bitim amalga oshirilgan, savdo ko‘rsatkichi 15 foizga ortgan.