Nigeriyadagi qurolli hujumlar oqibatida 200 ga yaqin inson halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
Markaziy va shimoliy hududlardagi qonli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Foto: MarketScreener

Nigeriyaning Kvara va Katsina shtatlarida qurolli shaxslar tomonidan amalga oshirilgan ketma-ket hujumlar natijasida qariyb 200 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Hudud deputati Saidu Baba Ahmedning ma’lum qilishicha, birgina markaziy Kvara shtatidagi Voro jamoasida kamida 170 kishi o‘ldirilgan. Bu joriy yilda Niger shtati bilan chegaradosh hududda qayd etilgan eng qonli hujum hisoblanadi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, jangarilar aholini bir joyga to‘plab, qo‘llarini ortiga bog‘lagan holda qatl etgan hamda uylar va do‘konlarga o‘t qo‘ygan.

Aholi vakillarining ta’kidlashicha, hujumchilar mahalliy xalqdan Nigeriya davlatiga bo‘ysunishdan voz kechib, shariat qonunlariga o‘tishni talab qilgan. Odamlar qarshilik ko‘rsatgach, jangarilar o‘t ochgan.

Foto: Abdullahi Dare Akogun / Reuters

«Ayni damda men harbiylar bilan birga qishloqdaman, jasadlarni ajratib, atrofni ko‘zdan kechiryapmiz», — dedi Ahmed.

Shimoliy Katsina shtatidagi hujumda esa qurolli shaxslar uyma-uy yurib, kamida 21 kishini otib tashlagan. Ushbu hujum jamoatchilik va qurolli guruhlar o‘rtasida tuzilgan olti oylik tinchlik bitimini yo‘qqa chiqardi. Nigeriya hukumati ayni paytda AQSh tomonidan xavfsizlikni ta’minlash borasida bosim ostida qolmoqda, Vashington avvalroq rasmiy Abudjani xristianlarni himoya qila olmayotganlikda ayblagan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tojikiston va Afg‘oniston chegarasida qonli otishma sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek