O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlar soni bo‘yicha yetakchi hududlar aniqlandi

eʼlon qilindi
Mamlakatda faoliyat yuritayotgan YaTTlar soni 284 mingtadan oshdi
Foto: Milliy statistika qo‘mitasi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) soni 284 mingtani tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda. Eng yuqori ko‘rsatkich poytaxt Toshkent shahrida qayd etilgan.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Toshkent shahri 41 ming nafar tadbirkor bilan ro‘yxatda yaqqol yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarni Samarqand (29,7 mingta) va Farg‘ona (27 mingta) viloyatlari band etgan. Andijon hamda Toshkent viloyatlarida ham ko‘rsatkichlar yuqori bo‘lib, har birida 26 mingdan ortiq YTT faoliyat ko‘rsatmoqda.

Foto: UzA

Mamlakatning janubiy va markaziy qismlarida ham tadbirkorlik faolligi kuzatilmoqda. Xususan, Qashqadaryoda 23,3 mingta, Namanganda 20 mingta, Buxoroda 17,4 mingta hamda Surxondaryoda 16,7 mingta yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatga olingan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu raqam 17 mingtani tashkil etadi.

Eng kam ko‘rsatkichlar sanoatlashgan va aholi soni nisbatan kam bo‘lgan hududlarga to‘g‘ri keladi. Xorazm viloyatida 14,1 mingta tadbirkor faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, Jizzax (9,7 mingta), Sirdaryo (8 mingta) va Navoiy (7,6 mingta) viloyatlari ro‘yxatning quyi qismidan joy olgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yildan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar firma nomiga ega bo‘lishiga ruxsat berilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek