Shavkat Mirziyoyev Shahboz Sharifning taklifi bilan Pokistonga ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharifning taklifiga binoan 5-fevral kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, tashrif davomida Islomobod shahrida oliy darajadagi muzokaralar va Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, O‘zbekiston – Pokiston do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.
Sammit yakunida qo‘shma deklaratsiya va ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolanishi rejalashtirilgan.
Davlat rahbari tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida qo‘shma biznes forumi va boshqa tadbirlarda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishilgani haqida yozgandi.