Serjio Gor Markaziy Osiyoga e’tibor kuchaytirilishini aytdi

eʼlon qilindi
Trampning vakili O‘zbekistonga kelyapti
Foto: Economist.kg

AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor rasmiy Vashington Markaziy Osiyoga e’tiborni kuchaytirishini aytdi. Bu haqda u Bishkekda jurnalistlar bilan uchrashuvda so‘z ochdi.

Qirg‘iziston poytaxtida o‘tkazilgan matbuot anjumanida u Qo‘shma Shtatlar bu mintaqaga ustuvor ahamiyat berishini va ma’muriyatning kelgusi uch yildagi siyosati aynan shu asosda qurilishini ta’kidladi. Uning aytishicha, Oq uy rahbari Donald Tramp bu borada unga to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatma bergan.

«Menga prezident Trampning to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatmasi bor – Qo‘shma Shtatlar bu mintaqa bilan ishlashni xohlaydi, Qo‘shma Shtatlar bu mintaqaga ustuvor ahamiyat beradi va biz ma’muriyatimizning kelgusi uch yildagi siyosatini aynan shu asosda qurmoqchimiz. Uzoq vaqt davomida AQSh bu mintaqaga yetarlicha e’tibor bermadi. Prezident Tramp boshchiligida biz buni o‘zgartirmoqchimiz», – dedi Serjio Gor.

Eslatib o‘tamiz, asli Toshkentda tug‘ilgan maxsus elchi Serjio Gorning Qirg‘iziston va O‘zbekistonga tashrifi 3 – 7 fevral kunlari davom etadi. Ayni paytda u Qirg‘izistonda bo‘lib turibdi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor va davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashgani haqida yozgandi.

Shuningdek