Yangi Li Auto L9 eng sovuq hududda sinovdan o‘tmoqda

5-fevral 2026 12:18 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Li Auto

Xitoyda Li Auto kompaniyasining Li Auto L9 modeli qattiq sovuq sharoitlarda sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda «Kitayskie avtomobili» («KA») nashri ma’lum qildi.

Yangilangan krossover qalin kamuflyaj ostida Xitoyning eng sovuq va qorli mintaqalaridan biri bo‘lgan ichki Mongoliyada suratga tushirildi. Avval model iliq iqlimda yo‘l sinovlaridan o‘tgan, endi esa ishlab chiqaruvchi bozordagi chiqish arafasida ekstremal sharoitlarda barqarorligini tekshirmoqda.

Foto: «KA»

Kamuflyajga qaramay, avtomobil proporsiyalari va xos dizayn elementlari orqali osongina taniladi. Old optika bamperga integratsiya qilinganicha qolgan, tom qismida esa ixcham LiDAR joylashgan. Ko‘zga tashlanadigan yangiliklardan biri g‘ildiraklar bo‘ldi: endi standart 265/45 R21 o‘rniga kengroq 285/45 R21 shinalar qo‘llanmoqda. Ular aerodinamik qoplamalarsiz, kulrang yaltiroq disklarga o‘rnatilgan.

Foto: «KA»

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangilangan L9 biroz kattalashib, uzunligi taxminan 5,3 metrga yetadi. Flagman CATL’ning 73 kVt/soatli Freevoy tortish batareyasi bilan jihozlanadi. Batareya 5C tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, modernizatsiyalangan elektromotorlar va generator hamda orqa g‘ildiraklarning burilishi joriy etiladi. Bu yechim burilish radiusini 5,5 metrgacha qisqartirishi kutilmoqda.

Modelning rasmiy premyerasi 2026-yil mart oyiga rejalashtirilgan. Yangi Li Auto L9’ning asosiy raqobatchilari sifatida Zeekr 9X, Denza N9 va Aito M9 tilga olinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangilangan Li Auto L9 kutilmagan imkoniyatlar bilan chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek