7-fevral kuni qanday ob-havo kuzatiladi
eʼlon qilindi
7-fevral soat 20:00 gacha amal qiladi

7-fevral kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kechasi va ertalab tuman tushishi, tog‘li joylarda esa qor yog‘ishi mumkin. Yog‘ingarchilik hududlarga qarab o‘zgarib turadi, deya prognoz qilmoqda «O‘zgidromet».
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | 9–11° iliq | 1° sovuq–1° iliq | Kechasi va ertalab tuman, yomg‘ir kutilmaydi |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | 2° sovuq–3° iliq | 7–12° sovuq | Ba’zi joylarda tuman, yo‘llarda yaxmalak |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | 10–15° iliq (cho‘l hududlarda 5–10° iliq) | 2–3° iliq (cho‘l hududlarda 0–5° sovuq) | Ba’zi joylarda tuman |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari | 7–12° iliq | 2–3° iliq | Ba’zi joylarda tuman |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | 10–15° iliq | 0–5° iliq | Ba’zi joylarda tuman |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | 3–8° iliq | 2–3° iliq | Kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yoki qor, tuman |
| Respublikaning tog‘li hududlari | 4° sovuq–1° iliq | 5–10° sovuq | Ba’zi joylarda qor yog‘ishi, tuman, qor ko‘chishi xavfi, yo‘llarda yaxmalak |