
Apple kompaniyasi iPhone 17e smartfonini 19-fevral kuni e’lon qilishi ehtimol qilinmoqda. Bu haqda WCCF nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, iPhone 17e dizaynida eski «qirqim»dan voz kechilib, uning o‘rniga Dynamic Island joriy etiladi. Bu byudjet modelni flagman qurilmalar bilan yagona dizayn standartiga olib keladi.

Smartfon 6,1 dyuymli OLED ekran, 60 Gts yangilanish chastotasi, A19 chipi, C1 modemi, 48 megapikselli asosiy kamera va 12 megapikselli old kamera bilan jihozlanishi kutilmoqda. Shuningdek, magnitli simsiz quvvatlash qo‘llab-quvvatlanadi.
iPhone 17e narxi $600 atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq iPhone 18 Pro Starlink’ga ulanishi haqida xabar bergan edik.