Benzemadan gollar shousi, Husanov Angliya liga kubogi finalida va «Lyon»ning yangi yetakchisi — Sport lenta

6-fevral 2026 18:03 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Rasm: Kollaj / Kursiv Uzbekistan

So‘nggi sutka davomida sport olamida chinakam sensatsiyalar va unutilmas lahzalar kuzatildi. O‘zbekistonlik himoyachi Angliyada tarix yozmoqda, afsonaviy hujumchi Osiyoda yana porladi, ring yulduzi esa muxlislar fikri bilan qiziqdi.

«Manchester Siti» bilan tarix yozayotgan Husanov

Foto: Instagram / Abduqodir Husanov

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov «Manchester Siti» safida Angliya Liga kubogi finaliga yo‘l olib, o‘zbek futboli tarixidagi yorqin sahifalardan birini ochdi. Yarim finalning javob uchrashuvida «Nyukasl» ustidan qozonilgan ishonchli g‘alabadan so‘ng, himoyachimiz ushbu unutilmas lahzalar aks etgan suratlarni o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joyladi. Husanovning Pep Gvardiola qo‘l ostidagi ishonchli o‘yini barcha muxlislarni quvontirmoqda.

«Al-Hilol»ning yangi qiroli: Benzemadan xet-trik!

Foto: Instagram / Al-Hilol

Fransiyalik to‘purar Karim Benzema «Al-Hilol» klubiga ko‘chib o‘tishi bilanoq o‘zining jahon darajasidagi mahoratini namoyish etdi. Tajribali hujumchi yangi jamoasidagi debyut o‘yindayoq raqib darvozasiga naq uchta to‘p kiritib, yana bir golga hammualliflik qildi. «Oltin to‘p» sohibining Arabiston maydonlaridagi sarguzashtlari fantastik start oldi va u darhol jamoa yetakchisiga aylandi.

Madrimov muxlislarga yuzlandi: Keyingi raqib kim?

Foto: Instagram / Isroil Madrimov

Professional boks olamining yorqin yulduzi Isroil Madrimov ijtimoiy tarmoqlarda faollik ko‘rsatib, muxlislari bilan qizg‘in muloqotga kirishdi. Chempionimiz o‘z sahifasi orqali «Jang to‘g‘risida fikringiz? Va keyingi raqib kim bo‘lishi mumkin?» deya obunachilariga murojaat qildi. Ko‘rinishidan, charm qo‘lqop ustasi navbatdagi katta jangga jiddiy hozirlik ko‘rmoqda va xalq fikriga quloq tutmoqda.

Tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Neymar

Foto: Instagram / Neymar

Braziliya futbolining yulduzi Neymar bugun o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda. Millionlab muxlislar yoqimtoyi bo‘lgan futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida unga tabrik yo‘llagan barcha yaqinlari va fanatlariga samimiy minnatdorlik bildirib, maxsus post qoldirdi. Garchi jarohatlar uni qiynasada, Neymar hamon futbol olamining eng muhim figuralaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Foto: Instagram / Neymar

«Lyon»da porlayotgan Endrick afsonalarni unutmadi

Foto: Instagram / Endrik

Fransiyaning «Lyon» klubiga ko‘chib o‘tgandan so‘ng aql bovar qilmas sport formasiga kirib olgan Endrik to‘xtashni bilmayapti. Iste’dodli futbolchi Fransiya kubogida navbatdagi golini urib, jamoasini keyingi bosqichga olib chiqishda katta hissa qo‘shdi. Shuningdek, braziliyalik vunderkind bugun tug‘ilgan kunini nishonlayotgan ikki buyuk afsona — Krishtianu Ronaldu va Neymarni tabriklashni ham unutib qo‘ymadi.

Shuningdek