
Buxoro shahrida jamoat transporti tizimini modernizatsiya qilish ishlari maqsadida 25 ta avtobus olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra «Bux pit stop» MChJ Buxoroga navbatdagi zamonaviy avtobuslar partiyasini yetkazib berdi.

Foto: Transport vazirligi


Yangi avtobuslar 13-sonli Madaniyat bosh bekati – To‘qimachi bosh bekati va 15-sonli Markaziy bozor – G‘urbincha yo‘nalishlariga joylashtirildi. Bu orqali Buxoro shahridagi brutto-shartnoma tizimidagi avtobus yo‘nalishlari soni 9 taga, yo‘nalishlarda harakatlanadigan avtobuslar soni esa 109 taga yetkazildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Andijonga navbatdagi 40 ta zamonaviy elektrobus olib kelingani haqida yozgandi.