Avto

Chevrolet Captiva Rossiyada qanday narxda sotilmoqda

Vladivostokda ushbu krossover kamida $31,2 ming turadi
Foto: Chevrolet

Chevrolet’ning amaliy va oilaviy Chevrolet Captiva krossoveri Rossiya bozoriga yana qaytdi. Bu haqda «Avtonovosti dnya» nashri xabar bermoqda. Modelning narxi $28 mingdan boshlanadi.

Ushbu versiyada charm salon, ko‘p funksiyali charm rul, LED optika, klimat nazorati, kruiz-nazorat, parktroniklar va 360 darajali kamera mavjud. Shuningdek, kalitsiz kirish tizimi, AutoHold funksiyali elektron qo‘l tormozi, vertikal sensor ekranli multimedia, lyuk va 18 dyuymli yengil qotishmali disklar o‘rnatilgan.

Foto: Chevrolet

Vladivostokda ushbu krossover kamida $31,2 ming turadi. Novosibirskda esa besh o‘rinli va panoramali tomli Captiva $31 mingdan taklif qilinmoqda.

Taqqoslash uchun, Xitoyning uch qatorli salonli krossoverlari ancha qimmat hisoblanadi. Masalan, Chery Tiggo 8 Pro Max narxi kamida $36,7 mingni tashkil etadi. Geely Okavango taxminan $43,4 ming, GAC GS8 esa $46,6 mingdan boshlanadi.

Chevrolet Captiva’ning Novosibirskda buyurtma asosidagi variantlari $29,3 mingdan taklif qilinmoqda. Voronej va Simferopolda yetti o‘rinli versiyani $29,9 mingga olib kelish mumkin. Moskvadagi yirik multibrend avtosalon avtomobilni «kalit topshirish» asosida $34,3 mingga yetkazib bermoqda. Irkutskda mavjud Captiva’ning narxi esa $32,8 ming etib belgilangan.

Foto: Chevrolet

Barcha taklif etilayotgan Chevrolet Captiva avtomobillari bir xil texnikaga ega. Model 147 ot kuchiga ega 1,5 litrli benzinli turbomotor bilan jihozlangan. Dvigatel variator uzatmalar qutisi va old yetak bilan ishlaydi.

Ma’lumot uchun, modelning O‘zbekistondagi narxi 284 mln so‘mdan ($23 ming) boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Chevrolet Captiva 2026 Ekvadorda sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.