
Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim nashrlarda yangi Chevrolet Matiz 2026 modelining videolari tarqaldi. Kursiv Uzbekistan vaziyatni o‘rganishga harakat qiladi.
Matiz 2026 haqida video Lyxyauto You Tube kanalida e’lon qilingan. Bir nechta faol internet nashrlar, Telegram kanallarda ham modelga oid postlar chiqa boshladi.
Ushbu avtomobilga oid rasmiy xabar yoki e’lon GM kompaniyasining rasmiy sahifalarida chiqmagan. Hattoki, ushbu modelning kelajagi haqida kompaniya vakillari hech bir joyda izoh bermagan.

Kursiv Uzbekistan nashri ushbu tasvirlar yuzasidan «O‘zavtosanoat» AJga so‘rov yubordi. Kompaniya matbuot xizmatining «Kursiv» tahririyatiga ma’lum qilishicha, modelni ishlab chiqarish 2018-yilda to‘xtatilgan.
«Matiz rusumidagi avtomobillarni ishlab chiqarish 2018-yilda to‘xtatilgan bo‘lib, mazkur modelni qayta ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmagan.
“O‘zavtosanoat» AJ faoliyati va kelgusidagi rejalariga oid rasmiy hamda ishonchli ma’lumotlar faqat Jamiyatning rasmiy axborot resurslarida e’lon qilinadi”, – deyiladi kompaniya izohida.
Kursiv Uzbekistan modelning global kelajagi va savollarga oydinlik kiritish uchun GM kampaniyasiga ham so‘rov yubordi.
Chevrolet Onix avtomobilining yangilangan versiyasi namoyish etilgani haqida yozgan edi.