Google Pixel 10a qanday ranglarda chiqadi

6-fevral 2026 14:13 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Google Pixel 10a qanday ranglarda chiqadi
Rasm: SI yordamida tahrirlandi / Android Headlines

Google kompaniyasi kecha Pixel 10a uchun oldindan buyurtma 18-fevralda boshlanishini ma’lum qilgandi. Hozircha faqat bitta rang ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, taxminlarga ko‘ra, smartfon to‘rtta rangda chiqadi: Berry, Fog, Lavender va Obsidian.

Bugun esa internetda Pixel 10a’ning barcha ranglardagi renderlari ko‘rsatildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Pixel 10a aslida qayta nomlangan Google Pixel 9a bo‘lishi mumkin.

Google Pixel 10a Berry va Fog ranglarda / Rasm SI yordamida qayta tahrirlangan / Android Headlines

Ayrim manbalarda smartfon yangi Tensor G5 protsessori bilan chiqishi aytilgan. Biroq so‘nggi xabarlarga ko‘ra, hatto protsessor ham o‘zgarmasligi mumkin. Ya’ni Pixel 10a bu Pixel 9a’ning yangi ranglar va boshqa nom ostidagi talqini bo‘lish ehtimoli yuqori.

Google Pixel 10a Lavender va Obsidian ranglarda / Rasm SI tomonidan tahrirlangan / Android Headlines

Bunday qayta chiqarish amaliyoti kam uchraydi va mutaxassislar bu holat odatiy holga aylanmasligiga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google Pixel 10a qanday imkoniyatlar bilan chiqishi haqida ma’lumot berilgandi

Shuningdek