Gadjetlar

Honor X8d smartfoni sotib olishga arziydimi: sharh

Modelning muhim afzalliklaridan biri himoya darajasi hisoblanadi
Honor X8d smartfoni sotib olishga arziydimi: sharh
Foto: 4pda

Honor kompaniyasi tomonidan Honor X8d smartfoni taqdim etildi. 4pda nashri modelning texnik xususiyatlarini o‘rgandi. Maqolada imkoniyatlar, qulayliklar va kamchiliklar haqida so‘z boradi.

Maqoladan quyidagilarni bilib olasiz:

Dizayn va mustahkamlik

Honor X8d tashqi ko‘rinishda sodda va amaliy uslubni saqlab qolgan. Katta sig‘imli batareyaga qaramay, korpusi yupqa va yengil bo‘lib qolgan. Qurilmaning o‘lchami 162,9 x 76,3 x 7,5 mm, vazni esa 188 grammni tashkil etadi. Orqa qismi mat plastikdan ishlangan bo‘lib, barmoq izlarini deyarli yig‘maydi. Ranglar tanlovi keng, och ko‘k rangdan tortib klassik qora ranggacha mavjud.

Foto: 4pda

Modelning muhim afzalliklaridan biri himoya darajasi hisoblanadi. Honor X8d IP65 sertifikatiga ega. Bu qurilma suv sachrashlari va changdan himoyalanganini anglatadi. SGS’ning 5 yulduzli mustahkamlik sertifikati esa smartfon 2 metrgacha balandlikdan tushishga chidashini tasdiqlaydi. Ushbu narx toifasidagi qurilmalar uchun bu katta ustunlikdir.

AI-tugma va qulay boshqaruv

Smartfonning o‘ng tomonida barmoq izi skaneri o‘rnatilgan quvvat tugmasi va ovoz balandligi tugmalari joylashgan. Chap tomonda esa byudjet segmenti uchun kam uchraydigan AI-tugma mavjud. Ushbu tugmaga ilova ishga tushirish, skrinshot olish, fonarni yoqish yoki ovozli yordamchini chaqirishni biriktirish mumkin.

Foto: 4pda

AI-tugma orqali matn tarjimasi, sun’iy intellekt yordamida matn yaratish va fotosuratlardagi ortiqcha obyektlarni o‘chirish imkoniyatlari ham faollashtiriladi. Bu funksiyalar smartfonni kundalik foydalanishda ancha qulay qiladi.

Ekran sifati

Honor X8d 6,77 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan. Yangilanish chastotasi 120 Gts bo‘lib, interfeysda animatsiyalar silliq ko‘rinadi. Tizim vaziyatga qarab 60 va 120 Gts orasida avtomatik almashadi, bu esa batareya quvvatini tejaydi.

Foto: 4pda

Ekran ruxsati 2392 x 1080 pikselni tashkil etadi. Tasvir aniq va ranglar to‘yingan. Maksimal yorqinlik 3000 nitgacha yetadi, shu sababli quyosh nuri ostida ham ekran yaxshi ko‘rinadi. Ko‘rish qulayligi uchun ko‘zlarni himoyalovchi funksiyalar ham mavjud bo‘lib, rang harorati avtomatik tarzda moslashtiriladi.

Tizim va sun’iy intellekt imkoniyatlari

Honor X8d Android 16 asosidagi MagicOS 10.0 tizimida ishlaydi. Interfeys tezkor, silliq va tushunarli. Ko‘plab funksiyalar flagman modellardan olingan.

Foto: 4pda

Honor AI bo‘limida Magic Portal, AI-xotiralar va aqlli tavsiyalar mavjud. AI-subtitrlash funksiyasi audio va videoni real vaqt rejimida matnga aylantiradi. AI-tarjima esa matnlar bilan ham, jonli suhbat paytida ham ishlaydi. Magic Capsule bildirishnomalar bilan qulay ishlash imkonini beradi. Matn muharriri esa yozilgan matnni tekshiradi va qayta ifodalashga yordam beradi.

Ishlash tezligi

Smartfon Qualcomm Snapdragon 6s Gen 2 protsessori bilan jihozlangan. Ushbu 6 nanometrli chip kundalik vazifalar, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, internet va video tomosha qilish uchun yetarli quvvatni ta’minlaydi.

8 GB operativ xotira Honor RAM Turbo texnologiyasi orqali virtual ravishda 16 GB gacha kengaytiriladi. Bu ko‘p ilovalarni bir vaqtning o‘zida ochiq holda saqlash imkonini beradi. Ichki xotira hajmi 128 yoki 256 GB bo‘lib, UFS 2.2 standartiga mos keladi.

Grafik ishlov uchun Adreno 610 javob beradi. Ko‘pchilik ommabop o‘yinlar o‘rtacha sozlamalarda muammosiz ishlaydi. AnTuTu 10 testida qurilma taxminan 385 ming ball, AnTuTu 11’da esa 477 ming ball to‘plagan. Bu toifadagi smartfon uchun yaxshi natija hisoblanadi.

Kamera imkoniyatlari

Asosiy kamera 108 megapikselli bo‘lib, yorug‘lik yaxshi sharoitda aniq va ranglarga boy suratlar olish imkonini beradi. Kam yorug‘likda esa tungi rejim ishga tushadi va natijani sezilarli darajada yaxshilaydi.

Ikkinchi modul 5 megapikselli keng burchakli kamera bo‘lib, kadrga ko‘proq obyektni sig‘dirishga yordam beradi. U yetakchi modul darajasida bo‘lmasa-da, kundalik holatlar uchun yetarli.

Video yozuv maksimal 1080p formatda va 30 kadr tezlikda amalga oshiriladi. 4K yo‘qligi murosali yechim bo‘lsa-da, ushbu segment uchun tanqidiy kamchilik emas. Old kamera 16 megapikselli bo‘lib, selfi va videoqo‘ng‘iroqlar uchun mos.

AI-vositalar fotosuratlar bilan ishlashni yanada qulay qiladi. Sun’iy intellektli o‘chirg‘ich ortiqcha obyektlarni olib tashlaydi, AI-kengaytirish esa kadr chegaralarini avtomatik to‘ldiradi. Portretlarda ko‘z yumuq holatlarni ham AI yordamida tuzatish mumkin.

Avtonomlik va zaryadlash

Foto: 4pda

Honor X8d’ning eng kuchli jihati batareyasidir. 7000 mA/soat sig‘imli akkumulyator energiyani tejaydigan protsessor bilan uyg‘unlikda juda uzoq ishlashni ta’minlaydi. Faol foydalanishda ham smartfon ikki kun bemalol ishlaydi, tejamkor foydalanuvchilar esa uch kungacha foydalanishi mumkin.

Kremniy-uglerod texnologiyasi yuqori energiya zichligini ta’minlab, katta batareyani yupqa korpusga joylashtirish imkonini bergan. 45 Vt tezkor zaryadlash qo‘llab-quvvatlaydi.

Kursiv Uzbekistan nashri eng kuchli TOP-10 subflagman smartfonlar haqida yozgan edi.