Avto

Lada avtomobillariga chegirmalar e’lon qilindi

Lada Vesta variator bilan, Granta va Largus modellari 20 foizgacha chegirma bilan taklif qilinmoqda
Lada avtomobillariga chegirmalar e’lon qilindi
Foto: Lion Motors

Rossiyada AvtoVAZ Lada avtomobillariga chegirmalar e’lon qildi. Bu haqda kompaniyaning Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Davlat dasturi doirasida Lada Vesta variator bilan, Granta va Largus modellari 20 foizgacha chegirma bilan taklif qilinmoqda. Variatorli Lada Vesta narxi 1,287 mln rubl ($16,7 ming)dan boshlanadi. Lada Granta uchun minimal narx 680 ming rubl ($8,8 ming)ga tushdi. Lada Largus esa 1,27 mln rubl ($16,5 ming) atrofida baholanmoqda.

Foto: Lion Motors

Shuningdek, Granta va variatorli Vesta SW xaridorlari uchun qo‘shimcha bonus ham belgilangan. «Hamkorbank» orqali kredit rasmiylashtirilsa, bepul kasko sug‘urtasi taqdim etiladi.

Eng katta foyda yo‘ltanlamas modellar xaridorlariga to‘g‘ri kelmoqda. Trade-in dasturi va davlat subsidiyasi hisobiga Lada Niva Legend narxi 800 ming rubl ($10 ming)gacha tushirilgan. Lada Niva Travel esa 1,011 mln rubl ($13 ming)ga taklif qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Lada Iskra va Lada Aura global sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.