
NASA astronavtlari ilk bor smartfonlarini kosmosga olib chiqadi. Bu haqda Tech Crunch nashri ma’lum qildi.
Bu imkoniyat Crew-12 va Artemis II missiyalari bilan amalga oshiriladi. Crew-12 missiyasi keyingi hafta Xalqaro kosmik stansiyaga yo‘l oladi, Artemis II esa insonlarni oy atrofida olib chiqadigan missiya sifatida mart oyiga qadar kechiktirildi.
NASA rahbari Jared Ayzekman ta’kidlashicha, ekipaj a’zolari smartfon yordamida oilalari uchun kosmosdagi o‘ziga xos lahzalarni suratga olishlari, ilhomlantiruvchi tasvir va videolarni dunyo bilan baham ko‘rishlari mumkin. Yangi iPhone va Android qurilmalari ekipajga tasvir va videolarni olishda erkinlik beradi.
Ma’lumot o‘rnida, Crew-12 va Artemis II missiyalari uchun ilgari rejalashtirilgan kameralar Nikon DSLR va GoPro kabi eski modellar edi. Smartfonlar esa ekipajga yanada erkin va spontan imkoniyatlar yaratadi. Bundan oldin SpaceX xususiy astronavt missiyalarida ham smartfonlardan foydalanishga ruxsat bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq NASA tarixidagi eng kuchli superkompyuter Athena ishga tushirgan edi.