
Bu haftada dollar ishonchli yuqoriladi. Kursiv Uzbekistan nashrining ushbu maqolasida AQSh valyutasi hafta davomidagi o‘zgarishi haqida so‘z boradi.
Hafta boshidan buyon dollar barqaror o‘sish trendini ko‘rsatmoqda. 2-fevral kuni dollar birdaniga 26,06 so‘mga oshib, 12 225,16 so‘mga yetgandi. 3-fevral kuni o‘sish davom etdi. Dollar 17,01 so‘mga qimmatlab, 12 242,17 so‘m darajasida belgilandi.

4-fevral kuni ham kurs yuqorilashda davom etdi. Bu kuni dollar yana 16,21 so‘mga oshib, 12 258,38 so‘mni tashkil etdi. 5-fevral kuni o‘sish biroz sekinlashdi. Dollar 7,39 so‘mga qimmatlab, 12 265,77 so‘mga chiqdi. 6-fevral holatiga ko‘ra, dollar kursi yana ko‘tarildi. AQSh dollari 13,71 so‘mga qimmatlab, 12 279,48 so‘mni tashkil etdi.
Umuman olganda hafta mobaynida dollar ketma-ket o‘sib, 54 so‘mdan ortiq qimmatlashdi.
Valyuta birjasida qancha AQSh valyutasi sotilgan

Valyuta birjasida joriy hafta savdolar hajmi $642 mlnni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan haftadagi $531 mlnlik savdo hajmiga nisbatan $111 mlnga ko‘p. Natijada savdolar hajmi qariyb 20,9%ga oshgan.
Birjadagi savdo grafigiga qaralsa eng ko‘p xarid 6-fevral kuni amalga oshirildi. Hafta so‘ngidagi savdolar hajmi $205 mlnni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 9-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.