Yangiliklar

Permdan Toshkentga aviareyslar aprel oyining oxirigacha uzaytirildi

Bilet narxlri 1,9 mln so‘mdan boshlanadi
Permdan Toshkentga aviareyslar aprel oyining oxirigacha uzaytirildi / Foto: travelsoul

Perm shahridan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar aprel oyining oxirigacha amalga oshiriladi. Bu haqda Kommersant nashri ma’lum qildi.

Yo‘lovchilarni tashish bilan UVT Aero aviakompaniyasi shug‘ullanadi. Parvozlar haftasiga bir marta — dushanba kunlari amalga oshiriladi. Aviareyslarda Bombardier samolyotlaridan foydalaniladi.

Permdan Toshkentga ekonom-klass chiptasi narxi 12 ming rubl (1,9 mln so‘m), optimum va premium tariflari mos ravishda 19,3 ming rubl (3 mln so‘m) va 38,5 ming rubl (6,1 mln so‘m)ni tashkil qiladi.

UVT Aero — 2015-yilda tashkil etilgan Rossiyaning mintaqaviy aviakompaniyasi. U sobiq Ak Bars Aero negizida faoliyat boshlagan. Aviakompaniya Tatariston shaharlaridan muntazam reyslarni amalga oshiradi va Qozon, Bugulma hamda Begishevo aeroportlarida o‘z bazasiga ega.

Ma’lumot uchun, Perm Rossiya Federatsiyasida joylashgan shahar bo‘lib, Ural tog‘lari mintaqasida, Perm viloyatining markazi hisoblanadi. Bu shahar Kamskiy daryosi qirg‘og‘ida joylashgan va Moskva shahridan taxminan 1 200 km sharqda joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fly One Asia Yekaterinburgdan Toshkentga aviareyslarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar bergan edik.