Realme arzon narxdagi P4 Power smartfonini sotuvga chiqardi

6-fevral 2026 09:55 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Realme arzon narxdagi P4 Power smartfonini sotuvga chiqardi / Foto: Realme

Hindistonda Realme kompaniyasi yangi avtonomiyaga ega Realme P4 Power smartfonini savdosini boshladi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi soat ichidagi savdo hajmi avvalgi modelga nisbatan 291% ga oshgan, biroq qaysi model bilan solishtirilgani aniq emas. Sotilgan qurilmalar soni ham ochiqlanmadi.

Foto: Realme

Realme P4 Power kompaniyaning 10 000 mA/soat quvvatga ega birinchi smartfoni sifatida taqdim etildi. Qurilma 6,8 dyuymli AMOLED ekran, 1,5K o‘lcham, 144 Hz kadr tezligi, 50 megapikselli asosiy kamera va IP69 himoya standartiga ega. Smartfon MediaTek Dimensity 7400 Ultra chipi bilan jihozlangan bo‘lib, asosiy 8/128 GB versiyasining narxi $265 ni tashkil etadi.

Foto: Realme

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Realme kompaniyasi yangi Realme 16 smartfonini taqdim etgan edi.

Shuningdek