Yangiliklar

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Senati raisi bilan savdo-iqtisodiy masalalarni gaplashdi

Parlamentlararo muloqotlar va madaniy-gumanitar aloqalar ham muhokama qilingan
Foto: Saida Mirziyoyevaning Telegram sahifasidan

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashuv o‘tkazib, bir nechta masalalarni muhokama qildi. Bu haqda u o‘zining Telegram sahifasida yozdi.

Saida Mirziyoyevaning yozishicha, uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan. Suhbatda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida oliy darajadagi o‘zaro ishonch hamda yaqin muloqotga asoslangan munosabatlar izchil mustahkamlanib borayotgani qayd etilgan.

Foto: Saida Mirziyoyevaning Telegram sahifasidan

Shu bilan birga, tomonlar 2025-yil ikki tomonlama hamkorlik uchun muhim va samarali bosqich bo‘lganini mamnuniyat bilan e’tirof etgan. Uchrashuvda parlamentlararo muloqotlar, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar aloqalarni yanada kengaytirish masalalari xususida ham fikr almashilgan.

Saida Mirziyoyeva mamlakatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlik bundan buyon ham izchil rivojlanib borishiga ishonch bildirgan.

Avvalroq «Kursiv» Saida Mirziyoyeva «Insoniy birodarlik» mukofoti sovrindorlarini qutlagani haqida yozgandi.