Gadjetlar

Samsung Galaxy A07 5G sotuvga chiqdi: narx, tafsilotlar

Qurilma bundan avval Tailand va Filippinda taqdim etilgandi
Samsung Galaxy A07 5G sotuvga chiqdi Samsung kompaniyasi Hindistonda Samsung Galaxy A07 5G smartfonini rasman sotuvga chiqardi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda. Qurilma bundan avval Tailand va Filippinda taqdim etilgandi. Yangi taqdim etilgan model katta ekran va sig‘imli batareya bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar bugungi kunda xaridorlar orasida yuqori talabga ega. Galaxy A07 5G ikki xil xotira variantida taklif etilmoqda. 4 GB tezkor va 128 GB ichki xotirali versiya $165, 6 GB tezkor va 128 GB xotirali talqin esa $199 etib baholangan. Smartfon qora, och yashil va och binafsha ranglarda sotilmoqda. Qurilmani Samsung do‘konlari, kompaniyaning rasmiy sayti hamda Hindistondagi vakolatli onlayn va oflayn savdo tarmoqlaridan sotib olish mumkin. Texnik jihatdan Galaxy A07 5G 6,7 dyuymli HD+ PLS LCD ekran, 120 Hz yangilanish chastotasi va 800 nitgacha yorqinlikka ega. Qurilma IP54 standarti asosida changdan himoyalangan va suv sachrashiga chidamli. Orqa panel mustahkamroq materialdan tayyorlangan.
Foto: Samsung / Fototahrir: SI

Samsung kompaniyasi Hindistonda Samsung Galaxy A07 5G smartfonini rasman sotuvga chiqardi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda. Qurilma bundan avval Tailand va Filippinda taqdim etilgandi.

Yangi taqdim etilgan model katta ekran va sig‘imli batareya bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar bugungi kunda xaridorlar orasida yuqori talabga ega.

Foto: Samsung

Galaxy A07 5G ikki xil xotira variantida taklif etilmoqda. 4 GB tezkor va 128 GB ichki xotirali versiya $165, 6 GB tezkor va 128 GB xotirali talqin esa $199 etib baholangan. Smartfon qora, och yashil va och binafsha ranglarda sotilmoqda.

Qurilmani Samsung do‘konlari, kompaniyaning rasmiy sayti hamda Hindistondagi vakolatli onlayn va oflayn savdo tarmoqlaridan sotib olish mumkin.

Foto: Samsung

Texnik jihatdan Galaxy A07 5G 6,7 dyuymli HD+ PLS LCD ekran, 120 Hz yangilanish chastotasi va 800 nitgacha yorqinlikka ega. Qurilma IP54 standarti asosida changdan himoyalangan va suv sachrashiga chidamli. Orqa panel mustahkamroq materialdan tayyorlangan.

Smartfon MediaTek Dimensity 6300 protsessori bilan jihozlangan. Operatsion tizim sifatida Android 16 va One UI 8.0 o‘rnatilgan bo‘lib, qurilma olti marta yirik Android yangilanishi va olti yilgacha xavfsizlik yangilanishlarini olishi rejalashtirilgan.

Foto: Samsung

Kamera qismi 50 Mp asosiy sensor, 2 Mp chuqurlik datchigi va 8 Mp old kamera bilan ta’minlangan. Batareya sig‘imi 6 000 mA/soatni tashkil etadi va 25 Vt tezkor simli quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S26 seriyasining rasmiy tizeri e’lon qilingani haqida yozgan edi.