
Surxondaryo viloyatining Angor tumanida 5-fevral kuni ilk bodom gulladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.





Bundan oldin 2025-yil 8-yanvarda Sariosiyo tumanida joylashgan «Yuqori Toʻpalang» milliy tabiat bog’i hududida qish sovug‘i hukm surayotgan bir paytda achchiq bodom daraxti gullagandi.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda bodom narxi nega keskin oshib ketgani haqida yozgandi.