Xiaomi 17 va Xiaomi 17 Ultra global bozorga yangi ranglarda taqdim etiladi

6-fevral 2026 11:31 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Xiaomi 17 va Xiaomi 17 Ultra global bozorga yangi ranglarda taqdim etiladi / Foto: Discover

Xiaomi kompaniyasi global bozor uchun yangi flagman smartfonlarini – Xiaomi 17 va Xiaomi 17 Ultra’ni taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda GSM Arena xabar berdi.

Ranglari

Xiaomi Xiaomi 17 va Xiaomi 17 Ultra smartfonlari yangi rang variantlarini e’lon qildi. Global bozor uchun Xiaomi 17 bazaviy modeli ko‘k, qora va yangi yashil ranglarda, Xiaomi 17 Ultra esa yashil, oq va qora ranglarda taqdim etiladi. Leica Edition maxsus versiyasi esa qora va oq ranglarda chiqariladi.

Foto: Nieuwemobiel

Texnik xususiyatlari

Xiaomi 17 bazaviy modeli global bozor uchun 256 GB va 512 GB xotira variantlarida mavjud. Xiaomi 17 Ultra esa 512 GB xotira bilan taqdim etiladi. Global Xiaomi 17 Ultra modeli Xitoy versiyasidan farqli o‘laroq, batareyasi 6000 mAh hajmga ega bo‘ladi, Xitoy versiyasida esa 6800 mAh.

Foto: Nieuwemobiel

Narxlari

ModelXotira hajmiNarxi
Xiaomi 17256 GB1000 yevro
Xiaomi 17512 GB1100 yevro
Xiaomi 17 Ultra512 GB1500 yevro
Foto: Nieuwemobiel

Taqdimot sanasi

Ishonchli insayderlarga ko‘ra, Xiaomi 17 seriyasining global taqdimoti 2026-yil 2 – 5-mart kunlari MWC 2026 ko‘rgazmasi doirasida rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi 17 seriyasi uchun yangi dasturiy ta’minot yangilanishi taqdim etilgan edi.

Shuningdek