Avto

Geely Monjaro’ning gibrid varianti qanday ko‘rinishga ega

Qachon sotuvga chiqishi hozircha noma’lum
Geely Monjaro’ning gibrid varianti qanday ko‘rinishga ega / Foto: XSATV

Xitoyda Geely Monjaro gibrid variantining ilk suratlari namoyish etildi. Bu haqda «Kitayskie avtomobili» nashri ma’lum qildi.

Ko‘rinishidan avtomobil Xingyue L’dan deyarli farq qilmaydi. Yangi modelda hech qanday alohida gibrid logotiplari yo‘q.

Texnik jihatdan, Monjaro 1,5 litrli turbo dvigatelga asoslangan gibrid tizimga ega bo‘lib, uning quvvati 163 ot kuchini tashkil qiladi. Bu dvigatel, taxminan, 156 ot kuchiga ega elektr motor bilan birga ishlaydi. Bunday kombinatsiya yoqilg‘i sarfini kamaytirishga va dinamika saqlanishiga yordam beradi, tashqi zaryadlashni talab qilmaydi, chunki batareya kichik sig‘imli va dvigatel ishlashi bilan zaryadlanadi.

Foto: XSATV

Hozircha Geely kompaniyasi gibrid Monjaro’ni Xitoy va boshqa mamlakatlarda qachon sotuvga chiqarishini e’lon qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Geely Galaxy V900 gibrid miniveni Xitoyda sotuvga chiqarilgan edi.