
Abduqodir Husanov Etihad tomonidan yanvar oyining eng yaxshi o‘yinchisi deb e’tirof etildi. G‘olibni «Manchester Siti» muxlislari an’anaviy ovoz berish yo‘li orqali tanlab berdi.
Yanvar oyida Husanov yettita o‘yinda maydonga tushdi va muntazam ravishda asosiy tarkibda qatnashdi. Futbolchi bularning barchasida barqaror o‘yin ko‘rsatdi. Murabbiylar shtabi uning ishonchliligi, vaziyatlarni to‘g‘ri anglashi va birga-bir kurashlardagi tezkorligini alohida ta’kidladi.
Mukofot uchun kurashda Husanov darvozabon Janluiji Donnarumma va jamoa kapitanı Bernardu Silva kabi jamoadoshlarini ortda qoldirdi.

21 yoshli futbolchi qisqa vaqt ichida klub muxlislari e’tiboriga tushdiva diqqat markazidagi shaxsga aylandi. Uning maydondagi sovuqqonligi va intizomi ingliz turnirlari o‘yinlarida doimiy ravishda e’tirof etiladi.
Ma’lumot o‘rnida, Abduqodir Husanov 2025-yil fevral oyida ham klubning eng yaxshi o’yinchisi deb topilgan edi. So‘nggi 1 yilda Abduqodirdan boshqa hech bir futbolchi 2 marta oyning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida g‘olib bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Husanov «Manchester Siti» bilan Liga kubogi finaliga yo‘l olgan edi.