
Xitoy Sanoat vazirligi Li Auto L9 modelining Livis nomli yangi versiyasining tashqi ko‘rinishi va texnik xususiyatlarini ma’lum qildi. Bu haqda Autohome xabar berdi.
Avtomobil 1,5 litrli, 115 kVt quvvatga ega turbomotor bilan jihozlanadi, tortish batareyasining sig‘imi esa 72,7 kVt/soatni tashkil etadi. Sof elektr rejimida yurish masofasi WLTC sikli bo‘yicha 340 km, CLTC sikli bo‘yicha esa 420 km etib ko‘rsatilgan. O‘rtacha yoqilg‘i sarfi 100 kilometrga 6,3 litrni tashkil qiladi.
Mashinaning jihozlangan og‘irligi 3435 kg bo‘lib, uni B toifali haydovchilik guvohnomasi bilan boshqarish mumkin. Gabaritlari 5255 × 2000 × 1810 mm, g‘ildiraklar bazasi esa 3125 mmga teng.

Ma’lumot uchun, Li Auto L9 Livis joriy yilning ikkinchi choragida bozorga chiqariladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Volkswagen L9’ga raqobatlashadigan avtomobilini ishlab chiqarishi haqid yozgan edik.


