Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Maxsus vakil va elchi Serjio Gor ishtirokida Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva Telegram kanalida ma’lum qildi.
Unda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, savdo va investitsiya aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Tomonlar kelgusida har ikki mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha aniq va mazmunli ishlarni amalga oshirishga kelishib oldi.
Ma’lumot uchun, noyabr oyida Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan savdo va investitsiya aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashini tuzish to‘g‘risida farmon imzolangandi.
Ushbu tashabbus prezidentning noyabr oyi boshida AQShga amalga oshirgan rasmiy tashrifi chog‘ida «C5+1» sammiti doirasida kelishib olingan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Sergio Gor Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashiga hamrais etib tayinlangani haqida yozgandi.