Sport

Aytjan Xalmaxanov Zagreb Open turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Yunon-rum kurashi bo‘yicha
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha Zagreb Open xalqaro turniri davom etmoqda. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi turnirning ilk kunidayoq muvaffaqiyatli natija qayd etdi.

-67 kg vazn toifasida bahs olib borgan iqtidorli polvonimiz Aytjan Xalmaxanov barcha raqiblarini mag‘lub etib, turnir chempioniga aylandi. Ushbu g‘alaba O‘zbekiston yunon-rum kurashchilari uchun 2026-yildagi ilk oltin medal sifatida qayd etildi.

Avvalroq «Kursiv» nashri 2025-yil yakunlariga ko‘ra, yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar sportchisi o‘z vazn toifalarida jahonning eng kuchli kurashchilari deb topilgani haqida yozgandi.

Shuningdek, 2025-yil avgust oyida Aytjan Xalmaxanov sport kurashlari boʻyicha U20 yosh toifasida jahon chempionatida ikkinchi marta oltin medalni qo‘lga kiritgandi.