
Moskvada 1993-yilda ishlab chiqarilgan VAZ-2106 avtomobili sotuvga chiqarildi. Afsonaviy «Jiguli» deyarli ishlatilmagan holatda bo‘lib, kolleksionerlar uchun haqiqiy topilma hisoblanadi. Bu haqda Auto.ru nashri xabar berdi.
Avtomobil qariyb 10 million rublga baholangan. Bu summa taxminan 1 milliard 400 million so‘mni tashkil etadi. Dollarda esa mashina narxi $110 – $112 ming atrofida baholanmoqda.




Safari rangidagi VAZ-2106 so‘nggi 33 yil ichida atigi 339 kilometr masofani bosib o‘tgan. Mashina to‘liq zavod holatida saqlangan: original shinalar, bo‘yoq qatlami va salon detallari o‘zgarmagan.





Ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobilning asosiy qismi garajda saqlangan, zarur texnik xizmatlar uchun esa u faqat evakuator yordamida olib chiqilgan.
Avvalroq «Kursiv» nashri Chevrolet Matiz O‘zbekistonda ishlab chiqariladimi yo‘qmi shu haqida yozgandi.