O‘zbekistonda 50 yildan oshgan avtomobillar uchun yangi qoidalar qanday ishlaydi

Ichki ishlar vazirligi (IIV) ishlab chiqarilganiga 50 yildan oshgan transport vositalaridan foydalanish qoidalariga aniqlik kiritdi. Endilikda antikvar sifatida tan olingan avtomobillar bundan mustasno bo‘lib, ulardan foydalanish ruxsat etiladi.
Antikvar avtomobil qanday aniqlanadi?
Vazirlar Mahkamasining «Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasini raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra:
- Ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan,
- Asl holati saqlangan – tashqi ko‘rinishi, tuzilishi va asosiy agregatlari buzilmagan transport vositalari antikvar avtomobil deb hisoblanadi.
Bunday avtomobillar uchun ANT seriyali alohida davlat raqam belgilari taqdim etiladi.
Raqam olish tartibi
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti ma’lum qilishicha, fuqarolar 2026-yil 1-fevraldan boshlab hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalarining ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘linmalariga murojaat qilishi mumkin.
Antikvar avtomobillar uchun davlat raqam seriyalari
- Yuridik shaxslarga tegishli antikvar avtomobillar: I, IA, IE, IAE seriyali raqamlar;
- Jismoniy shaxslarga tegishli antikvar avtomobillar: III, IIIA, IIIE, IIIAE seriyali raqamlar;
- Yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarga: I, IA, IE, IAE tipli, TTT seriyali raqamlar.
Bu o‘zgarishlar antikvar avtomobillarni himoya qilish va tarixiy meros sifatida saqlashga qaratilgan, shuningdek, ularni qonuniy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazishni osonlashtiradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan chiqarilganiga 50 yildan oshgan transportlardan foydalanish taqiqlanishi haqida yozgandi.