O‘zbekistonda 8-fevral kuni qanday ob-havo kuzatiladi

O‘zbekiston hududida 8-fevral kuni kunduzgi payt asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Faqat kechga tomon Navoiy va Buxoro viloyatlarining ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli mavjud.
Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi 7–12 m/s ni tashkil etib, ayrim hududlarda 13–18 m/s gacha, ba’zan esa 22–25 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 10–15 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10–12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo harorati 13–15 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik prognoz qilinmaydi, biroq qor ko‘chishi xavfi saqlanib qolmoqda. Shamol 9–14 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 2–7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 7-fevral kuni qanday ob-havo kuzatilgani haqida yozgandi.