O‘zbekistonlik velosportchilar Osiyo chempionatida kumush medal sohibi bo‘ldi

8-fevral 2026 10:35 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Saudiya Arabistonida davom etayotgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionati O‘zbekiston terma jamoasi uchun navbatdagi quvonchli xabar bilan yodda qoldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

20 km masofaga mo‘ljallangan aralash estafeta dasturida O‘zbekiston jamoasi yuqori natija qayd etib, ikkinchi o‘rinni egalladi va kumush medal bilan taqdirlandi.

Mazkur bahslarda Roksana Hikmatova, Gulhayo Sattorova, Fazliddin Ergashev hamda Chingiz Cho‘liyev O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildi.

Avvalroq Kusriv Uzbekistan Aytjan Xalmaxanov Zagreb Open turnirida oltin medalni qo‘lga kiritgani haqida yozgandi.

Shuningdek