
Saudiya Arabistonida davom etayotgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionati O‘zbekiston terma jamoasi uchun navbatdagi quvonchli xabar bilan yodda qoldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi



20 km masofaga mo‘ljallangan aralash estafeta dasturida O‘zbekiston jamoasi yuqori natija qayd etib, ikkinchi o‘rinni egalladi va kumush medal bilan taqdirlandi.
Mazkur bahslarda Roksana Hikmatova, Gulhayo Sattorova, Fazliddin Ergashev hamda Chingiz Cho‘liyev O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildi.
Avvalroq Kusriv Uzbekistan Aytjan Xalmaxanov Zagreb Open turnirida oltin medalni qo‘lga kiritgani haqida yozgandi.