Trump Phone’ning yangi dizayni namoyish etildi

8-fevral 2026 11:19 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: The Verge

Trump Mobile tomonidan ishlab chiqilayotgan Trump Phone (T1) smartfonining yangilangan ko‘rinishi taqdim etildi. Bu haqda The Verge nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, yangi prototip avvalgi variantlardan keskin farq qiladi. Ilgari smartfon orqa paneli iPhone Pro yoki Galaxy Ultra uslubida bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi dizayn mustaqil ko‘rinishga ega. Shu bilan birga, qurilmada oltin rangli bezak va AQSh bayrog‘i saqlab qolingan. The Verge e’tiboriga ko‘ra, kameralar joylashuvi notekis bo‘lib ko‘rinadi.

Foto: The Verge

Texnik xususiyatlar borasida hozircha ma’lumotlar cheklangan. Ma’lum qilinishicha, Trump Phone Snapdragon 7 seriyali protsessor, 5000 mA/soat sig‘imli akkumulyator va 512 GB ichki xotira bilan jihozlanadi. Asosiy kamera 50 megapiksel bo‘lib, unga keng burchakli va teleobyektiv qo‘shilishi mumkin.

Foto: The Verge

Trump Mobile vakili Erik Tomasning aytishicha, smartfon imkoniyatlari bo‘yicha $1000 dan qimmat flagman qurilmalardan kam bo‘lmaydi. Qurilmaning aniq chiqish sanasi va rasmiy narxi hozircha e’lon qilinmagan. Biroq kompaniya vakili Don Hendriksning bildirishicha, $100 dollar depozit to‘lagan xaridorlar yakunda $499 atrofida to‘lov qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp 249 dollarlik yangi atirni sotuvga chiqargani haqida yozgandi.

Shuningdek