
2-fevral kuni UzAuto Motors O‘zbekistonda yangi Chevrolet Traverse Z71 modeli sotuvi boshlanganini e’lon qilgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda model O‘zbekistonga yetib kelgani haqidagi videolar tarqaldi.
Uning narxi 795 mln so‘mni tashkil etadi. Ma’lum qilinishicha, avtomobilni sotib olish bo‘yicha shartnomalarni UzAuto Motors’ning barcha rasmiy dilerlik markazlarida rasmiylashtirish mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotni kompaniyaning +998 78 141 77 77 raqamli call-markazi orqali yoki rasmiy sayt orqali olish mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 800 mln so‘mlik Chevrolet Traverse Z71 sotuvga chiqqani haqida yozgandi.