
10-fevral kuni O‘zbekistonda ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, shuningdek, tuman tushishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | 14–16° iliq | 8–10° iliq | Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 2–7° iliq | 2° sovuq – 3° iliq | Ba’zi joylarda yomg‘ir yoki qor, tuman |
| Xorazm viloyati | 8–13° iliq | 0–5° iliq | Ba’zi joylarda yomg‘ir, tuman |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | 12–17° iliq | 5–10° iliq | Ba’zi joylarda yomg‘ir, tuman |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari | 12–17° iliq | 5–10° iliq | Ba’zi joylarda yomg‘ir, tuman |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | 14–19° iliq | 7–12° iliq | Ba’zi joylarda yomg‘ir, tuman |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | 10–15° iliq | 2–7° iliq | Kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir, tuman |
| Respublikaning tog‘li hududlari | 2–7° iliq | 2° sovuq – 3° iliq | Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yoki qor, tuman |
Eslatib o‘tamiz, avvalroq hafta o‘rtasida yomg‘ir, qor va kuchli shamol kutilayotgani haqida xabar bergan edik.