Alisher Navoiy tavalludiga 585 yil to‘ldi

eʼlon qilindi
U Temuriylar saroyida yuqori lavozimlarda faoliyat yuritgan
Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 9-fevral kuni O‘zbekistonda va qator davlatlarda Alisher Navoiy tavalludi keng nishonlanmoqda. Buyuk shoir 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tug‘ilgan.

Alisher Navoiy turkiy adabiyot rivojida muhim burilish yasagan. U chig‘atoy, ya’ni qadimgi o‘zbek tilida yirik va chuqur mazmunga ega asarlar yaratish mumkinligini isbotlagan.

Shoirning eng mashhur asari «Xamsa» hisoblanadi. Ushbu besh doston turkiy tilda yaratilgan ilk yirik adabiy turkum sifatida tarixda qolgan.

Navoiy faqat adib emas, balki davlat arbobi ham bo‘lgan. U Temuriylar saroyida yuqori lavozimlarda faoliyat yuritgan. Husayn Boyqaro davrida olimlar va ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlagan.

Shoir madrasalar, masjidlar, ko‘priklar va karvonsaroylar qurilishiga homiylik qilgan. Shuningdek, xayriya ishlariga katta e’tibor bergan.

Alisher Navoiy merosi o‘n minglab misralarni o‘z ichiga oladi. Uning falsafiy, tasavvufiy va tarixiy asarlari Markaziy Osiyo adabiyotiga asrlar davomida ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonda har aprel oyi «Amir Temur oyligi» bo‘lishi haqida yozgan edi.

Shuningdek