Lifestyle

Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” asari italyan tiliga tarjima qilindi

Sandro Teti Editore nashriyoti ko‘magida
Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr» asari italyan tiliga tarjima qilindi / Foto: Sun’iy intellekt

O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr» asari italyan tiliga tarjima qilindi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Tarjima jarayoni Sandro Teti Editore nashriyoti tomonidan amalga oshirildi va u o‘zbek adabiyoti ixlosmandlari hamda italiyalik homiylar ko‘magida tayyorlandi.

O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi Abat Fayzullayev Sandro Teti Editore nashriyoti asoschisi va rahbari Sandro Teti bilan uchrashib, tarjima jarayoni bilan yaqindan tanishdi hamda italiyalik mutaxassislar bilan Navoiy ijodi haqida fikr almashdi.

Sandro Teti Alisher Navoiy ijodi haqida so‘zlar ekan, uning merosini nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun insoniyat uchun beqiyos va buyuk deb ta’kidladi. Shuningdek, «Lison ut-tayr» asarini tarjima qilish uning uchun katta sharaf ekanini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun Alisher Navoiy tavalludiga 585 yil to‘ldi.