AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar fonida neft narxi 1 foizga pasaydi

eʼlon qilindi
Muzokaralar bozordagi ta’minot uzilishi xavotirlarini yumshatdi
Foto: The Sunday Guardian

AQSh va Eron o‘rtasidagi yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar davom etishi haqidagi kelishuv ortidan 9-fevral kuni jahon bozorida neft narxlari 1 foizga pasaydi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Brent markali neft fyucherslari 67 sentga (1 foiz) arzonlashib, bir barrell uchun $67,3 tashkil qildi. AQShning West Texas Intermediate (WTI) nefti narxi esa 61 sentga pasayib, $62,9 bo‘ldi. O‘mon davlatida bo‘lib o‘tgan va tomonlar ijobiy deb baholagan munozaralar investorlarni biroz tinchlantirgan.

Foto: bakhtarnews.af

Biroq mintaqadagi xavotirlar to‘liq bartaraf etilmagan. Eron tashqi ishlar vaziri agar mamlakat hujumga uchrasa, AQShning mintaqadagi bazalariga zarba berishini ma’lum qildi. Dunyo neft iste’molining qariyb beshdan bir qismi o‘tadigan Hormuz bo‘g‘ozi orqali ta’minotning ehtimoliy uzilishi investorlarni hamon tashvishga solmoqda. O‘tgan hafta davomida har ikki neft markasi narxi 2 foizdan ko‘proqqa pasaygan edi.

Bozorga Rossiya omili ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Yevropa Ittifoqi Rossiya neft eksportini qo‘llab-quvvatlovchi xizmatlarga keng qamrovli taqiq qo‘yishni taklif qildi. Avvalroq Rossiya dengiz neftining eng yirik xaridori bo‘lgan Hindistonni qayta ishlash zavodlari aprel oyi uchun xaridlarni to‘xtatgani va bu savdodan uzoqroq turishi kutilmoqda. Neft narxining tushishi yirik energetika kompaniyalari daromadlarini 11 foizga qisqartirib, so‘nggi besh yillikdagi eng past ko‘rsatkichga tushirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shell sud nizolari sababli Qozog‘istonga investitsiya kiritishni to‘xtatgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek